Beautify - bu goʻzallik sanoatining barcha a’zolarini birlashtiradigan onlayn platforma. Unda goʻzallik mutaxassislari yangi mijozlarni topadilar, oʻqiydilar, oʻz xizmatlarini sotadilar va sarf materiallarini ulgurji narxlarda sotib oladilar. Shu bilan birga, platforma foydalanuvchilari Beautifyda kerakli ustalarni topishlari, ish va xizmat narxlarini taqqoslashlari mumkin.

Loyihaning maqsadi goʻzallik mutaxassislarining xizmatlarini ilgari surish, ish oqimlarini optimallashtirish, yangi mijozlarni jalb qilish orqali ustalarning daromadlarini oshirish uchun marketing maydonchasini yaratishdir. Iste’molchi uchun biz mijozlarga vaqt va pulni tejashga yordam beradigan onlayn goʻzallik xizmatlari katalogini yaratishni maqsad qilganmiz.

Mijozlar usta ishini koʻrishlari va uchrashuvga yozilishlari uchun usta shunchaki Beautify saytida roʻyxatdan oʻtishi, ish jadvalini tuzishi va oʻz ishlarining fotosuratlarini nashr etishi kerak. Mijozlar oʻzlari ustani qulay qidiruv orqali topadilar va uchrashuvga yozilishadi. Platformada Oʻzbekistonning turli burchaklaridan minglab goʻzallik ustalari roʻyxatdan oʻtgan.

Kompaniyaning vazifasi goʻzallik va sogʻliqni saqlash sohasida xizmatning progressiv rivojlanishi uchun ekotizim yaratishdir.