Daromadning o‘sishi, vaqtni tejash, ishni avtomatlashtirish
Monetary - bu korxonalarda moliya va operatsion vazifalarni boshqarish uchun bulutli texnologiyaga asoslangan yechim bo‘lib, u turli banklardagi barcha joriy hisoblarni hisobot va xizmat ko‘rsatish uchun bitta portalga birlashtirish, biznes uchun yagona elektron hamyonni yaratish, va korporativ g‘aznachilikni yuritish imkonini beradi.
Mijozlarimiz: AKFA GROUP, UZOMAN, Compass savdo markazi, SAMARQAND darvoza savdo markazi
MONETARYdan foydalanishning afzalliklari quyidagilardan iborat: real vaqt rejimida moliyaviy oborotni monitoring qilish; keraksiz vazifalardan xalos bo‘lish orqali xodimlarning ishini optimallashtirish; dolzarb ma’lumotlardan foydalangan holda tezkor qarorlar qabul qilish; berilgan xususiyatlar bo‘yicha olingan ma’lumotlarni tahlil qilish; shuningdek, BDM (24m.uz) bilan sinxronlash orqali debitorlar va kreditorlarni svod qilish.
BDM (24m.uz) quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ERI yordamida hujjatlarni yaratish va yuborish; hujjatlarni turli serverlarda bir necha nusxada saqlash; hujjatlarni nazorat qiluvchi organlarga taqdim etish; bo'linmalarning ierarxik tuzilishini yaratish; shuningdek, sap, 1C, 1UZ va boshqalar kabi buxgalteriya tizimlari bilan integratsiya qilish.