
Overdraft
AT "Aloqabank"da ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartalari orqali
Overdraft
Предварительный расчет. Не является публичной офертойOverdraft krediti - bank plastik kartasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to’lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartasi hisobvarag’idagi qoldiq mablag’idan ortiq miqdordagi mablag’ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli.
Kreditlash shartlari:
Kredit miqdori | Kredit muddati | Yillik foiz stavkasi |
---|---|---|
Qarz oluvchining o’rtacha oylik ish haqining 3 barobari miqdorigacha BHMning 100 barobaridan oshmagan miqdorda | 12 oygacha | 26,9% |
Overdraft shartnomasi muddati 12 ta davrga bo’linadi va har bir davr uchun alohida limit belgilanadi. Ushbu limit summasi kredit shartnomasining summasiga nisbatan kamayib borish tartibida belgilanadi. Qarz oluvchi oxirgi ish joyida kamida 6 oy ishlagan hamda kredit olish davrida ishlab turgan bo’lishi lozim.
Ta'minot hujjatlari:
- Jismoniy shaxs kafilligi;
- Likvidli mol-mulk garovi
Kerakli hujjatlar:
- Pasport nusxasi (asl nusxasi ko'rish uchun taqdim etiladi)
Qarz oluvchining daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlar (birgalikda qarz oluvchi, kafil shaxs) davlat soliq qo'mitasi (DSQ) axborot bazasidan talab qilinadi. Agar DSQ axborot bazasidan daromadlar haqida ma'lumot olish imkoni bo'lmasa (agar daromad solig'ini to'lamaydigan yoki daromad solig'ini to'lash uchun imtiyoz mavjud bo'lmagan mijozdan ariza kelib tushgan bo'lsa yoki DSQ axborot bazasida va bankning ichki tizimida texnik muammolar yuzaga kelgan bo'lsa) daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlar qarz oluvchi tomonidan (shuningdek, qarz oluvchi va/yoki kafil shaxsdan) taqdim etiladi.
Tariflar:
Kredit muddati | Yillik foiz stavkasi | Imtiyozli davr |
---|---|---|
12 oygacha | 26,9% | Imtiyozli davr yo'q |