Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

AT “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakunlari bo’yicha bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.
  3. AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakunlari hamda
    2019 yildagi ustuvor vazifalari to’g’risidagi bank Boshqaruvi Raisi hisobotini tasdiqlash.
  4. AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.
  5. AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik hisoboti.
  6. AT “Aloqabank”ning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash.
  7. AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha olgan sof foydasini taqsimlash.
  8. AT “Aloqabank”ning 2019 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi o’tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash
  9. AT “Aloqabank”ning taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  10. AT “Aloqabank” Kengashi a’zolarini saylash.
  11. AT “Aloqabank” aksiyalarini sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo’llamaslik to’g’risida.
  12. AT “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirish kiritish to’g’risida.
  13. AT “Aloqabank” Aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi Nizomga o’zgartirish kiritish to’g’risida.
  14. AT “Aloqabank”ning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  15. AT “Aloqabank” tomonidan “Umidsiz” aktiv sifatida tasniflanib, bank balansining “Ko’zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlariga o’tkazilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish to’g’risida.
  16. “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazida premium A klassdagi bank binosini qurish to’g’risida.
  17. “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazida premium A klassdagi bank binosini qurish uchun Industrial and Commercial Bank of China (XXR)dan kredit liniyasini jalb qilish bo’yicha shartnomasini tuzish to’g’risida.

AT “Aloqabank” Kengashining 2019 yil 4 maydagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2019 yil 22 may kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati  2019 yil 6 may kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2019 yil 28 may kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ma’lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank”da tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz. Ma’lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67.