Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Avtokredit

Avtokredit – Birlamchi bozordan, “GM Uzbekistan”ning rasmiy dilerlaridan avtomobilni xarid qilish uchun mo’ljallangan iste’mol kredit turi.  

Avtokreditning asosiy shartlari:

- Depozit garovi – avtomobil narxidan 25% (avtokredit bo’yicha boshlang’ich badal sifatida qabul qilinadigan kreditning 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal summasi sotib olingan avtomashina garovga taqdim qilingandan so’ng 3/5 qismi kreditning asosiy qarz to’lovlariga so’ndirish uchun yo’naltiriladi);

- Kredit muddati – 12, 18 oy (imtiyozli davrsiz) hamda 4 yilgacha (3 oyli imtiyozli davr bilan);

- Kredit foizi:

Kredit ta'minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

Likvidli mol-mulk garovi; 

- O'rtacha oxirgi bir yillik pul aylanmasi 500 mln. so'mdan kam bo'lmagan yuridik shaxs kafilligi. 

Kreditni rasmiylashtirish uchun bank filiallariga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Filiallar ro’yxati.

Avtokredit olish uchun zaruriy hujjatlar

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

1. Kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;

2. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning pasport nusxasi;

3. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, SТIR va jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i raqami ko’rsatilishi lozim);

4Kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar;

5. “GM Uzbekistan” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

 Murojaat uchun filiallardagi kreditlash bo’limlarining telefon raqamlari:

Filiallar nomi

Murojaat uchun telefonlar

Amaliyot boshqarmasi

0 371 230-43-82

Qoraqalpog’iston filiali

0 361 222-03-11

Хorazm fililai

0 362 228-81-93

Namangan filiali

0 369 233-50-67

Andijon filiali

0 374 227-87-88

Buxoro filiali

0 365 223-57-77

Surxondaryo filiali

0 376 224-20-02

Samarqand filiali

0 366 233-59-00

Qashqadaryo filiali

0 375 223-04-02

Navoiy filiali

0 436 532-35-38

Farg’ona filiali

0 373 244-44-48

Jizzax filiali

0 372 222-06-85

Mirobod filiali

0 371 244-08-77, 244-27-44

Qo’qon filiali

0 373 543-33-55

 

 

Savol-javob

Savol – Avtokredit yuridik shaxslarga ham beriladimi?

Javob – AТ “Aloqabank”da avtokredit jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladi.

 

Savol – Bozordagi avtomobilni sotib olishga avtokredit beriladimi?

Javob – Avtokredit O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni avtosalonlardan xarid qilish uchun beriladi.

 

Savol – Avtokreditning oylik to’lovi qancha bo’ladi?

Javob – Oylik to’lov avtomashina narxi va imtiyozli davrga bog’liq. Batafsil ma’lumotlarni quyidagi havoladagi jadval orqali aniqlashingiz mumkin:https://goo.gl/gk1EEm

 

Savol – Avtomobillarni qayerdan xarid qilishimiz mumkin?

Javob – Avtokredit GM Uzbekistan rasmiy dilerlaridan avtomobillarni xarid qilishga beriladi.

 

Savol – Avtomobilni xarid qilishga shartnomani bank beradimi?

Javob – Avtomobilni sotib olish shartnomasi GM Uzbekistan rasmiy dilerlari tomonidan beriladi.

 

Savol – Avtomobillar narxlari bormi?

Javob – Avtomobil narxlarini GM Uzbekistan saytidan yoki rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin. GM Uzbekistan rasmiy saytiga havola -http://gmuzbekistan.uz/prices.

 

Savol – Ish joyim Тoshkent shahrida bo’lib, biroq doimiy turar joyim (propiska) boshqa viloyatda bo’lsa Тoshkent shahridan avtokredit olsam bo’ladimi?

Javob – Mumkin, doimiy yoki vaqtinchalik turar joyidan ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda) taqdim etilishi bilan.

 

Savol – Farg’ona filialidan avtokredit olish mumkinmi?

Javob – AТ “Aloqabank”ning barcha filiallarida avtokredit beriladi.

 

Savol –  Хech qayerda ishlamayman, avtokredit olsam bo’ladimi?

Javob – ​Amaldagi qonunchilikka muvofiq qarzdor, yani kredit oluvchidan oxirgi bir yillik ish haqisi to’g’risidagi ma’lumotnoma talab qilinadi.

 

Savol –  Avtokredit olish uchun ish haqim qancha bo’lishi kerak (qo’shimcha qafillik shartmi)?

Javob – Ajratiladigan kredit miqdoridan kelib chiqqan holda kredit bo’limi xodimlari tomonidan o’rganib chiqiladi. (Misol uchun oylik ish haqisi o’rtacha 3-4 mln. so’m, ajratiladigan kredit asosiy qarz va foiz to’lovlari 1,5-2 mln so’mni tashkil qilsa kafillik talab qilinmaydi; ish haqisi 2-3 mln. bo’lib kredit qaytarish summasi 4-5 mln. so’m bo’lsa qo’shimcha kafillik olinadi)

 

Savol – Kredit bo’limlari telefon raqamlarini qayerdan olsak bo’ladi?

Javob – Yuqorida.

 

Savol – Avtokreditni minibanklarda  rasmiylashtirsa bo’ladimi?

Javob – AТ “Aloqabank”ning minibanklarida avtokredit rasmiylashtirishingiz mumkin. Minibanklar ro’yxatiga quyidagi havola orqali  o’tishingiz mumkin: http://aloqabank.uz/uz/page/about/minibanks#content_text.

 

Savol – Avtokredit olish uchun qachon murojaat qilishimiz mumkin?

Javob – AТ “Aloqabank” filiallarining kreditlash bo’limlariga belgilangan ish vaqti, ya’ni dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti – 14:00 dan 15:00 gacha) murojaat qilishingiz mumkin.

 

Savol – Avtokredit avtomashinani narhining qismiga beriladimi?

Boshlang’ich to’lov sifatida 25 foizdan ortiq qo’ysam bo’ladimi?

Javob – Mumkin, ajratiladigan kredit summasidan 25 foizini garov depozitiga (bankka) qo’yib qolgan mablag’ingizni avtosalonga o’z hisobingizdan chiqarish tavsiya qilinadi.

 

Savol – Avtokredit olish uchun qachon murojaat qilishimiz mumkin?

Javob – AТ “Aloqabank” filiallarining kreditlash bo’limlariga belgilangan ish vaqti, ya’ni dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti – 14:00 dan 15:00 gacha) murojaat qilishingiz mumkin.

 

Savol – Garov depoziti naqt shaklda qo’yishim shartmi?

Javob – Garov depozitini naqd va naqdsiz ko’rinishda bankka taqdim qilish mumkin.

 

Savol – Sotib olinadigan avtomobilni garovga qo'yganimdan so'ng oldin qo'yilgan garov taqiqdan chiqarib beriladimi?

Javob – Mumkin. Mijoz ariza bilan murojaat qilganda taqiqdan chiqarib beriladi. 

 

Savol  Oldindan qo'yilayotgan garov qancha muddatga sug'urta qilinadi, kreditni 4 yilga rasmiylashtirib 2 yilda so'ndirilsa sug'urta to'lovi qisman qaytarib beriladimi?

Javob  Kredit to'liq muddatga sug'urtalanadi, sug'urta shartnomasida kredit muddatidan oldin so'ndirilganda sug'urta to'lovi qisman qaytarib berilishi ko'zda tutilgan.

 

Savol 30 % deposit garovi qo’yib kredit hisobiga avtomobil sotib olganman, bugungi kunda avtomobil salondan berildi. Ushbu avtomobilni garovga taqdim etganimdan so’ng deposit garovining nechi foizi kredit asosiy qarzga yo’naltirish mumkinmi?

Javob – kredit hisobiga sotib olingan avtomobil notarial tartibda garovga olingandan so'ng, depozit garovi sifatida kredit miqdoridan 20% qoldirilib qolgan qismi kreditning asosiy qarz to'lovlariga yo'naltiriladi