Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Overdraft krediti

Overdraft krediti - bank plastik kartasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to’lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartasi hisobvarag’idagi qoldiq mablag’idan ortiq miqdordagi mablag’ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shaklidir.

Ushbu kredit milliy valyutada, o’rtacha oylik ish haqining 3 barobarigacha, lekin eng kam ish haqining 100 barobaridan oshmagan summada, 12 oy muddatga ajratilib, ish haqi loyihasi doirasida emissiya qilingan AТ “Aloqabank” plastik kartasi orqali beriladi.

Overdraft foizi - yillik 30%.

Overdraft olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- overdraft olish uchun ariza-buyurtmanoma;

- pasport nusxasi;

- oxirgi 12 oy uchun daromadlar summasi ko’rsatilgan ma’lumotnoma (ma’lumotnomada lavozimi ko’rsatilgan bo’lib, korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan bo’lishi lozim)

- ta’minot hujjatlari.

 Overdraft quyidagi ta’minot turlarining biri asosida taqdim etiladi: