Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Mijozlar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi №5177-sonli «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi  farmoni qabul qilingani valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda mukammal valyuta xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash maqsadida qo’yilgan muhim qadamlardan biri bo’ldi.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutalarini milliy valyuta – so’mga erkin ayirboshlashlari hamda o’zlarining milliy valyutadagi mablag’lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari mumkin.

Хuddi shunday, Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank" tomonidan ham valyuta amaliyotlari bo’yicha mijozlarga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko’rsatib kelinmoqda va yanada qulayliklar yaratish maqsadida quyidagilar taklif qilinmoqda.

Jumladan, bank filiallaridagi  valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali  AQSh dollari, Yevro, Angliya funt-sterlingi, Yaponiya iyenasi hamda Shveysariya franki ko’rinishidagi chet el valyutasidagi naqd pul mablag’lari hech qanday cheklovlarsiz sotib olinmoqda.

Aloqabankda chet el valyutasini sotib olish maqsadida ishlatiladigan konversion kartalarni rasmiylashtirish uchun amalga oshiriladigan to’lov  25 ming so’mni  tashkil qilib, chet el valyutasini xarid qilish naqd pul, bankda saqlanayotgan omonatlar yoki plastik kartadagi mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda chet el valyutasidagi kartaning kamaytirilmaydigan qoldiq depoziti 50 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mablag’ karta egasiga tegishli bo’lib, u chet el banklari tomonidan kartaga ko’rsatilgan xizmat uchun mablag’ yechib olinishi oqibatida karta balansining pasayib ketishi natijasida bank-emitent ko’rishi mumkin bo’lgan zararning oldini olish maqsadida yo’lga qo’yilgan bo’lib, mazkur mablag’ qoldig’i karta yopilayotgan paytda karta egasiga qaytarib beriladi.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslar kabi o’zlarining milliy valyutadagi mablag’lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari va ushbu mablag’lar hisobiga to’lov topshiriqnomalariga ko’ra asoslangan hujjatlar (invoys, shartnoma va boshqalar) asosida bank o’tkazmalari orqali tovarlar (xizmatlar) importi bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Yana bir yangilik, endilikda Aloqabank tizimida mijozlar o’z xalqaro (konversion) plastik kartalaridagi mablag’larini yaqinlarining xalqaro (konversion) plastik kartalariga o’tkazishlari mumkin.

Mijozlarimiz o’zlarining konversion kartadagi mablag’larini O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hech qanday cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin.