Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Konversion operatsiyalar

Konversion operatsiyalar –tijorat bankida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini naqd pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni xisoblanadi.

AT “Aloqabank” tasarrufidagi barcha filiallarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1 yanvardagi 1914-sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2017 yil 6 noyabrda 2944-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizomlariga muvofiq konversion operatsiyalar bo’limlari va Valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil qilingan.

Konversion bo'limlari ro'yhati

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari

O’zbekiston Respublikasining rezidenti jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bankda o’rnatilgan tartibda xalqaro to’lov kartasini ochadilar.