Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Plastik kartalar

Plastik kartalar naqdsiz hisoblarning zamonaviy va qulay vositasi hisoblanadi. Kartochka orqali uning egasi, o`z pul mablag`larini boshqarishlari, tovar va xizmatlar uchun naqdsiz shaklda to`lovni amalga oshirishlari, bank bo`limlarida va bankomatlar orqali naqd pullarga ega bo`lishlari mumkin.

AT «Aloqabank» o`z mijozlariga mikroprosessor texnologiyasi asosidagi yuqori havfsizlik darajasi bilan ajralib turadigan, so`m plastik kartalarini taqdim etadi.
 
Plastik kartalari orqali supermarket, magazinlar, xizmat ko`rsatish sohasidagi korxonalar, uyali aloqa lorxonalarida, avia va temir yo`l kassalarida, avtozapravka stansiyalarida to`lovlarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, telefon abonent to`lovini, shaharlararo va xalqaro telefon qo`ng`iroqlar to`lovlarini, kommunal xizmatlar to`lovlarini amalga oshirish mumkin. Plastik kartochkalardan to`lovni qabul qiladigan elektron terminal bilan ta'minlangan har qaysi savdo shaxobchalarda kartochkalar orqali to`lovlarni amalga oshirish mumkin.
 
Bank plastik kartochkalar orqali xizmat ko`rsatishi uchun, respublika bo`ylab savdo-xizmat korxonalarda, pochta aloqasi bo`limlarida, bank filiallari, minibanklari va jamg`arma kassalarida, shuningdek, aloqa, shu jumladan uyali aloqa xizmatlari uchun to`lovlar qabul qiladigan shaxobchalarda terminallar o`rnatilgan.
 
Savdo-xizmat korxonalarida tovar va xizmatlar uchun to`lovlar amalga oshirilganda, jismoniy shaxs plastik kartochka egalaridan komissiya to`lovlari olinmaydi.
 
So`m kartochkalari nafaqat naqdsiz hisoblar uskunasi, balki jamg`arish vositasi hamdir.

Shartnomani yuklab olish | * .doc| 84 Kb|

Plastik kartani olish uchun arizani yuklab olish | * .doc| 26 Kb|

Plastik karta yo'qotilganligi to'g'risda arizani yuklab olish | * .doc| 68 Kb|