Yangiliklar

Olimlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

2017-yil 17-fevral kuni AT “Aloqabank” Bosh ofisida Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish markazi olimlari to’g’risida seminar o’tkazildi. Seminarda ushbu markazning olimi M.Kamilov, uning faoliyati va axborot texnologiyalar sohasiga qo’shgan ulkan hissasi hamda markazning yetuk vakillari bo’yicha qisqacha ma’lutmot berildi.

batafsil

Alfa-bank bilan hamkorlik munosabatlari o’rnatildi

AT “Aloqabank” Rossiyaning yirik banklaridan biri – Alfa-Bank bilan vakillik munosabatlarini o’rnatdi. Bu mijozlarga xalqaro to’lovlarni amalga oshirishda qo’shimcha qulayliklarni yaratishga imkon beradi. Bank bugungi kunda Xitoy, Germaniya, Koreya kabi davlatlarning yirik banklari bilan hamkorlik munosabatlarini o’rnatgan va bundan keyin ham korrespondentlik munosabatlarini diversifikatsiyalash yo’nalishi bo’yicha izchil ishlarni amalga oshirib boradi.

batafsil

AT “Aloqabank”ning olimlar bilan hamkorlik aloqalari

2017-yil 31-yanvar kuni AT “Aloqabank” Bosh ofisida Axborot texnologiyalar va komunikatsiyalarni rivojlantirish markazi olimlari bilan “Bank sohasidagi zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy bilimlarni almashish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

batafsil

Tanlov g'oliblari aniqlandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 31-oktyabrdan “Aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida”gi  PQ-991-sonli Qarori talablariga muvofiq 2017-yilning 4-fevral kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha tijorat banklari hamda ularning filiallari, mini-banklari va maxsus/jamg’arma kassalari o’rtasida 2016 yil yakunlari bo’yicha navbvtdagi tanlov g’oliblarini taqdirlash tadbiri o’tkazildi.

batafsil

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti porloq xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2017 yil 30 yanvar kuni AT “Aloqabank” bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

batafsil

Hurmatli Farrux Хodjayevich!

Sizni bank Boshqaruvi va jamoamiz a’zolari nomidan  tavallud topgan kuningiz bilan chin qalbimizdan tabriklamyiz. AT “Aloqabank” tashkil topgan ilk kunlardan boshlab o’z serqirra mehnat faoliyatingiz davomida bank tizimiga qo’shgan behisob hissangiz, shu davr ichida yetishtirgan ko’plab shogirdlaringiz hozirgi kunda o’z mevalarini bermoqda. Sizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va xonadoningizga xotirjamlik tilaymiz. Barcha ezgu tilaklar hamrohingiz bo’lsin!

batafsil

«Алоқабанк» — юксакликка интилганлар учун!

«Алоқабанк» — тадбиркорларнинг яқин ҳамкори ва мададкори

Қисқа муддат ичида тадбиркор бўлиб, бизнес соҳасида муваффақиятларга эришишни истайсизми? «Алоқабанк»  бу борада Сизга яқиндан ёрдам беришга тайёр!

batafsil