Yangiliklar

Mustaqillikning 26 yilligiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi

2017 yil 29 avgust kuni AT “Aloqabank” Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligini ko’tarinki vatanparvarlik ruhida nishonlash maqsasdida seminar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Seminarda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Boboyorov Bobomurod Normatovich tomonidan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” hamda Falsafa fanlari doktori, professor Tulenova Gulmira Jandarovna tomonidan “Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining asoschisi” mavzulari keng yoritildi, hamda o’quv seminari ochiq muloqot ruhida bo’lib o’tdi. Seminar davomida bank xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq va mazmunli javoblar olishdi. Ta’kidlab o’tish joizki, seminar interfaol tarzda bo’lib o’tib, foto suratlar ishlatilgan holda prezentatsiya taqdim etildi.

batafsil

Ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o’zgartirish va qoshimchalar to’g’risidagi o’quv seminari bo'lib o'tdi

2017 yil 29 avgust kuni AT “Aloqabank”ning Bosh ofisi va Amaliyot boshqarmasi xodimlari ishtirokida Adliya vazirligida 2017 yil 23 mayda 2886-son bilan ro’yxatga olingan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari” yangi tahririga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar mavzusida seminar tashkil etildi.

batafsil

Valyuta amaliyotlari bo’yicha o’quv seminari bo’lib o’tdi

Joriy yilning 26 avgust kuni AT “Aloqabank” Bosh ofis binosida Amaliyot boshqarmasi hamda hududiy filiallar xodimlari uchun O’zbekiston Respublikasi “Konversion operatsiyalar bo’limi va valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali chet el valyutasini ayirboshlash amaliyatlarini o’tkazish”  mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

batafsil

E’lon!

Bosh ofis va hududiy filiallarni kompyuter va nusxa ko’chirish mashinalari bilan ta’minlash maqsadida, AT Aloqabank quyidagi mahsulotlarga tender e’lon qiladi.

batafsil

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!

AT “Aloqabank” Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini 2017 yil 5 sentyabr kuni, soat 8:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qiladi.

batafsil

Umumxalq xayriya hashari!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi farmoyishiga binoan, joriy yilning avgust oyi O‘zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilinib, 19-20 avgust kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari bo'lib o'tdi. Aytib o’tish joizki umumxalq xayriya hashari xalqimizning asrdan asrga o’tib kelayotgan ezgu fazilatlaridan biridir.

batafsil

Diniy ekstremizm va fundamentalizm – demokratik taraqqiyotga tahdid!

2017 yil 11 avgust kuni AT “Aloqabank” Bosh ofisida “Diniy ekstremizm va fundamentalizm – demokratik taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Bosh ofis hamda Amaliyot Boshqarmasi xodimlari ishtirokida bo’lib o’tgan seminar bank Boshqaruvi raisi o’rinbosari tomonidan ochib berildi. Seminar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitasining mas’ul xodimi Mirzayusuf Mirismoilov tomonidan o’tkazildi.

batafsil