Yangiliklar

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga!

AТ «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini 2017 yil 24 oktabr kuni, soat 8:30 da, Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ «Aloqabank» binosining majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qiladi.

batafsil

Mijozlar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi №5177-sonli «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi  farmoni qabul qilingani valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda mukammal valyuta xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash maqsadida qo’yilgan muhim qadamlardan biri bo’ldi.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutalarini milliy valyuta – so’mga erkin ayirboshlashlari hamda o’zlarining milliy valyutadagi mablag’lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari mumkin.

batafsil

Overdraft xizmatidan foydalaning!

AТ “Aloqabank” o’z mijozlariga yangi xizmat – Overdraft kreditini taklif etadi. Bank tomonidan doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarga,  milliy valyutadagi bank plastik kartalari orqali overdraft krediti berish yo’lga qo’yildi.

Overdraft krediti - bank plastik kartasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to’lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartasi hisobvarag’idagi qoldiq mablag’idan ortiq miqdordagi mablag’ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shaklidir.

batafsil

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o’z faoliyatiga qabul qilganligi to’g’risida xabar

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” shuni ma’lum qiladiki, aksiyadorlar umumiy yig’ilishining 2017 yil 5 sentabrdagi 2-sonli qarori bilan,  bank tomonidan 2017 yil 1 oktabrdan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig’ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilinadi.

batafsil

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga!

2017 yil 5 sentyabr kuni, soat 8:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazilgan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlanganligini ma’lum qilamiz.

batafsil

Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimi

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi bayrami munosabati bilan 31 avgust kuni respublika muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda AТ “Aloqabank” porloq istiqbolimiz va ezgu maqsadlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali ravishda gul qo‘yish marosimida faol tarzda ishtirok etdi.

batafsil

1 sentabr – O‘zbekiston Mustaqilligi kuni!

AT “Aloqabank” jamoasi Sizlarni eng ulug’, eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 26 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Ayyom munosabati bilan barchangizga tan-sihatlik, xotirjamlik hamda Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi mehnat faoliyatingizga muvaffaqiyat tilaydi. Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

batafsil