Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risida

AT “Aloqabank” Kengashi aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini 2018 yil 24 aprel kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qiladi.

Yig’ilish kun tartibi:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank”ning 2017 yil ish faoliyati yakunlari bo’yicha bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.
  3. AT “Aloqabank”ning 2017 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2018 yildagi ustuvor vazifalari to’g’risidagi bank Boshqaruvi Raisi hisobotini tasdiqlash.
  4. AT “Aloqabank”ning 2017 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.
  5. AT “Aloqabank”ning 2017 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik hisoboti.
  6. AT “Aloqabank”ning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash.
  7. AT “Aloqabank”ning 2017 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha olgan sof foydasini taqsimlash.
  8. AT “Aloqabank”ning taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  9. AT “Aloqabank” Kengashi a’zolarini saylash.
  10. AT “Aloqabank” aksiyalarini sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo’llamaslik to’g’risida.
  11. Bankka affillangan shaxs “O’zbektelekom” AK bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.
  12. AT “Aloqabank”ning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  13. AT “Aloqabank”ning ustav kapitalini oshirish to’g’risida.
  14. AT “Aloqabank”ning Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.

AT “Aloqabank” Kengashining 2018 yil 12 apreldagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2018 yil 18 aprel kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2018 yil 12 aprel kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2018 yil 24 aprel kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi ma’lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz. Ma’lumot uchun telefonlar: 232-83-67.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.