Хalqaro pul o’tkazmalarini SMS orqali qabul qiling!

Хalqaro pul o’tkazmalarini SMS orqali qabul qiling!

Mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida AТ “Aloqabank” xalqaro pul o’tkazmalarini SMS orqali qabul qilish xizmatini joriy qildi.
Endilikda xorijdan yuborilgan pul o’tkazmasini hisobraqam yoki VISA Classic kartasiga 2700  qisqa raqamiga SMS yuborib qabul qilish mumkin. O’z navbatida hisobraqam yoki VISA Classic kartasidan mablag’larni istagan payt naqd shaklda olish yoki boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin.
Хizmatdan foydalanish afzalliklari:
  •  Istalgan vaqtda olib ketish (ish vaqtida);
  •  Navbatni unutish;
  •  Mablag’lar xavfsizligidan xavotir olmaslik;
  •  Bankka kelmagan holda plastik kartaga mablag’larni tushirib ishlatish;
  •  Хizmat doirasida bepul VISA Classic kartasini ochish.
Хizmatdan foydalanish uchun bankka bir marta kelib shartnoma tuzish zarur.
Хizmat quyidagi tarzda ishlatiladi:
Bankka barcha ma’lumotlar topshirilib shartnoma tuzilgandan so’ng 2700 qisqa raqamiga ХХХXXAA1111111Y formatdagi SMS  xabarnomani yuboriladi.
ХХХXXAA1111111Y SMS  xabarnomasi quyidagicha tavsiflanadi:
XXXXX – o’tkazma kodi.
AA1111111 – mijozning pasport seriya va raqami.
Y – “h” yoki “v”,
(“h”-Hisobraqam, “v”-VISA plastik kartasi)
Ushbu xizmat doirasida hisobraqam va VISA kartasini ochish BEPUL.
Hisobraqam va VISA kartasidan mablag’larni naqd shaklida yechib olish BEPUL.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.