Aloqabank – sog’lom turmush tarafdori!

Aloqabank – sog’lom turmush tarafdori!

Yoshlar ittifoqining Aksiyadorlik – tijorat “Aloqabank”dagi Yetakchilar Kengashi tomonidan bankda mamlakatimiz madaniyati va sportining atoqli vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi.

Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 12 dekabr sanasida “Aloqabank – sog’lom turmush tarafdori” mavzusida tashkil etildi. Mazkur tadbirda sportning boks turi bo’yicha Rio-2016 XXXI yozgi olimpiada o’yinlarining bronza medali sohibi Murodjon Ahmadaliyev, boks bo’yicha xalqaro sport ustasi va jahon kubogi sovrindori Isroil Madrimov hamda Osiyo chempioni Go’zal Ismatovalar ishtirok etishdi. Тadbir davomida sportchilar bu yo’nalishga qanday kirib kelganliklari va faoliyatlaridagi esda qolarli holatlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan bo’lishishdi. Ochiq suhbat davomida bank xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Aksiyadorlik – tijorat “Aloqabank”dagi Yetakchilar Kengashi bu kabi tadbirlarni muntazam tashkil etib, sportga qiziquvchan bank yoshlarining intilishlarini qo’llab – quvvatlash va munosib rag’batlantirish ishlarini davom ettirishga kelishib olishdi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.