Asalarichilikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi

Asalarichilikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi

2017 yil 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorni imzoladi.

Ushbu qarorga muvofiq «O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi tashkil etiladi hamda uyushmaga quyidagilar asosiy  vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilanadi:

  • asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-xuquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;
  • asalarilar uchun sun’iy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga ko‘maklashish va ushbu tajribani keng qo‘llash hisobiga asalarichilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;
  • asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or usullarni joriy etish ishlariga ko‘maklashish;
  • oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shu jumladan, xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog‘iga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.

Asalari uyalari, zarur jihozlar, asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, uskunalar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, shuningdek, asalni qadoqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalarni yetkazib berishni tashkil etish maqsadida AT “Aloqabank”ning mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

 “Respublikamizda asarichlik tarmog’ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to’g’risida” PQ-3327

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.