O‘zbekiston yoshlar ittifoqida banklar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqida banklar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining majlislar zalida joriy yilning 20 oktabr kuni Markaziy bank hamda barcha tijorat banklari Yetakchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli farmoni va 2017-yil 18- iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda bank tizimida mehnat qilib kelayotgan yosh xodimlarni Ittifoq faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularni banklarda tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilotlarga a’zo bo‘lishi masalalari muhokama etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan banklar o‘rtasida o‘zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir necha bitimlar loyihasi ko‘rib chiqildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.