O’zbekiston asalarichilari uyushmasi ofisining ochilish marosimi

2019 yil 30 may kuni O’zbekiston asalarichilari uyushmasi Toshkent shahri, A.Navoiy ko’chasi, 40-uy manzilida joylashgan binosining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston asalarichilari uyushmasining yangi, rekonstruktsiya qilingan ofisining binosi Qishloq xo’jaligi vazirining o’rinbosari S.Xodjaev, AT “Aloqabank” Boshqaruvi Raisi o’rinbosari X.Raxmatov, O’zbekiston asalarichilar uyushmasi raisi Sh.Suyarkulov va Xalqaro press-klub boshlig’i Sh.Qudratxodjaevlar tomonidan tantanali ravishda qizil lenta kesish marosimi bilan ochildi.

  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3327 sonli "Respublikada asalarichilikni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida" gi 2017 yil 16 oktyabrdagi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, AT "Aloqabank"ning moliyaviy ko’magida qurilgan va to’liq kapital ta’mirlangan  O’zbekiston asalarichilar uyushmasi ofisining binosi o’z ichiga quyidagilarni kamrab olgan:

  • Barcha hududiy uyushmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi uyushma ma’muriyati;
  • O’zbekistonning barcha hududlaridan keltirilgan turli assortimentga ega bo’lgan asal va asalarichilik mahsulotlariga ega “Asal olami” savdo markazi;
  • Asalarichilikka ixtisoslashgan veterinar apteka;
  • Asalarichilik uskunalar va zamonaviy texnologik liniyalarni lizing asosida etkazib beruvchi «AloqaLizing» MChJ;
  • Asalari mahsulotlari va asalarilarni chaqtirish bilan davolashga ixtisoslashgan “Apiterapiya” tibbiy markazi;
  • Asalni sifatini aniqlovchi laboratoriya markazi.

Eng asosiysi – asalarichilar davlat tomonidan sohani real qullab-quvvatlanayotganini his qilishmoqda. Davlat asalarilarni nafaqat asal etishtiruvchi sifatida, balki asalarilarni qishloq xo’jaligi ekinlarini asosiy changlatuvchisi va bog’ hamda dalalarning hosildorligini sezilarli darajada oshirib beruvchisi sifatida qaramoqda.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.