Xorazmga sayohat: sport, ma’naviy xordiq, turizm va o’quv seminari!

Navro’z bayramini ko’taringki ruhda kutib olish, bank xodimlari orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va shakllantirish, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarishni tashkil etish maqsadida 21-23 mart kunlari AT “Aloqabank” xodimlari ishtirokida Хorazm viloyatida qator tadbirlar o’tkazildi.

Bankning Manaviyat-ma’rifat Kengashining 2019 yilgi tadbirlar rejasi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi bilan AT “Aloqabank” yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi o’rtasida bajarilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 22 mart kuni bankning ayol xodimlari o’rtasida voleybol musobaqasi o’tkazildi

An’anaga muvofiq ushbu musobaqada barcha 14 ta filiallarning jamoalari g’oliblik uchun astoydil kurash olib bordi. Aytib o’tish joizki, 12 yil davomida tashkillashtirib kelinayotgan musobaqalar xodimlar orasida sog’lom muhitni shakllantirish bilan birga bank хodimlarining ushbu sport turi bo’yicha malaka va tajribalarini yildan yilga oshirishga yordam bermoqda.

Voleybol bo’yicha bo’lib o’tgan musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o’rin – Farg’ona filiali jamoasi;

2-o’rin – Xorazm filiali jamoasi;

3-o’rin – Samarqand va Qo’qon filiallari jamoalari.

«Eng irodali jamoa» nominatsiyasi g’olibi – Surxondaryo filiali jamoasi;

«Eng jozibador jamoa» nominatsiyasi g’olibi – Qoraqalpog’iston filiali jamoasi;

«Eng intizomli jamoa» nominatsiyasi g’olibi – Buxoro filiali jamoasi;

«Eng faol tashkilotchi» nominatsiyasi g’olibi – Saxapova Ramilya Rashidovna Toshkent-1 jamoasi;

«Eng yaxshi top uzatuvchi» nominatsiyasi g’olibi – Kadirova SH., Andijon filiali;

«Eng tajribali o’yinchi» nominatsiyasi g’olibi – Madaminova E., Toshkent-2 jamoasi;

«Eng yaxshi hujumchi» nominatsiyasi g’olibi – Xaydarova A., Qashqadaryo filiali;

«Eng yaxshi o’yinchi» nominatsiyasi g’olibi – Kabulova M., Navoiy filiali;

«Eng yaxshi markaziy o’yinchi» nominatsiyasi g’olibi – Egamova N., Jizzax filiali;

«Eng chiroyli sport formasi» nominatsiyasi g’olibi – Namangan filiali jamoasi.

 

 

 

 

Shu kunning o’zida bank xodimlari uchun kechki bazm uyushtirilib, ma’naviy hordiq tadbiri tashkil etildi. Tadbirda har bir filial xodimlari tomonidan milliy qadryiatlarimiz aks etgan she’rlar, xalq qo’shiqlari va hududlarning o’ziga xos urf odatlarini ifodalovchi saxna ko’rinishlari namoyish etildi.

 

23-mart kuni qadimiy Xiva shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohatchilar Xivaning tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qildilar. Maroqli va mazmunli o’tgan ushbu sayohat tadbirning barcha ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi.

 

 

Xorazm viloyatiga sayohatning yakunida xodimlar uchun mijozlar bilan ishlash, muomala madaniyati, kasbiy etika va nizolarni hal etish bo’yicha o’quv-seminari o’tkazildi. Ushbu seminardan ko’zlangan asosiy maqsad – mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko’rsatish, fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida va ularning talablarini qondiradigan darajada xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishdir.

 

 

Bank tomonidan tashkil etib kelinayotgan bu kabi tadbirlar xodimlar o’rtasida sog’lom va faol turmush tarzini shakllantirish, mehnat jamoasida hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.