ISO 9001:2015: Bank xizmatlarini ko’rsatish

AT "Aloqabank" xalqaro sifat menejmenti tizimi bo’yicha "Bank xizmatlarini ko’rsatish" yo’nalishida ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini qo’lga kiritdi.

Audit Germaniyaning TÜV International Certification (TIC) sertifikatlashtirish muassasasi tomonidan o’tkazildi. Audit natijalariga ko’ra ISO 9001:2015 talablari AT "Aloqabank" bosh ofisi va barcha filiallari tomonidan bajarilganligi tasdiqlandi.

Aloqabank sifat menejmenti tizimini tashkil etishga alohida etibor qaratadi. Asosiy maqsadimiz - yirik va moliyaviy barqaror tijorat banki sifatida ishonch qozonish hamda uni mustahkamlashdir. Sifat menejmenti tizimini joriy etish faoliyat ko’rsatkichlarini yaxshilovchi va barqaror rivojlanishga ishonchli poydevor yaratuvchi strategik qaror sanaladi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.