Maktab hayriya jamg’armasi

Aloqabank Хalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasining Maktab hayriya jamg’armasiga mablag’lar qabul qilishni boshladi!
29 sentabr kuni, hayriya jamg’armasining kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan bolajonlarni qo’llab-quvvatlash uchun homiylik mablag’larini jalb etishda maktab rahbarlariga  yordam beruvchi onlayn-platformasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Jamg’armaning vazifasi O’zbekiston Respublikasi maktab ta’limini rivojlantirishga hissa qo’shishdan iborat.
Siz ham maktablarga moddiy yordam berish orqali ushbu ijtimoiy loyihaning bir qismiga aylanishingiz mumkin. Saytda yordamni jamg’armaga yo’naltirish yoki aniq o’quv muassasini tanlash imkoniyatingiz mavjud: mfond.uz
Farzandlaringizning ta’limiga befarq bo’lmang!

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.