Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy

yig’ilishini chaqirish to’g’risida

Sizlarni, Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ “Aloqabank” binosining majlislar zalida 2018 yil 29 sentabr kuni soat 10:00da bo’lib o’tadigan AТ “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  1.  AТ “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2.  AТ “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.
  3.  “AТ “Aloqabank” Kengashi to’g’risida”gi va “AТ “Aloqabank” Тaftish komissiyasi to’g’risida”gi Nizomlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.
  4.  AТ “Aloqabank”ning yangi tarkibda bank Kengashi a’zolarini saylash to’g’risida.
  5.  AТ “Aloqabank”ning yangi tarkibda Тaftish komissiyasi a’zolarini saylash to’g’risida.

AТ «Aloqabank» Kengashining 2018 yil 20 sentabrdagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2018 yil 25 sentabr kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2018 yil 20 sentabr kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2018 yil 29 sentabr kuni soat 9:00 dan 9:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ma’lumotlari bilan Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: sb@aloqabank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+99871) 232-83-67.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.