Aksiya: Imtiyozli shartlardagi kreditlar!

Jismoniy shaxslarni kreditlash shartlariga o’zgartirishlar kiritildi. Aksiya kreditlash davri va foiziga taaluqli bo’lib, 2018 yil 15 sentabrgacha davom etadi.   

Endilikda, GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni sotib olish uchun ajratiladigan avtokreditlar, hamda boshqa iste’mol kreditlari bo’yicha:

- Kredit muddati 12 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo’lsa, foizi - yillik 16 foiz;

- Kredit muddati 18 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo’lsa, foizi - yillik 18 foiz.

Mikroqarz quyidagi shartlarda rasmiylastiriladi:

- Kredit muddati 12 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo’lsa, foizi - yillik 18 foiz;

- Kredit muddati 18 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo’lsa, foizi - yillik 20 foiz.

Shuningdek, avtokredit bo’yicha boshlang’ich badal sifatida qabul qilinadigan kreditning 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal summasi sotib olingan avtomashina garovga taqdim qilingandan so’ng to’liq kreditni so’ndirish uchun yo’naltiriladi.

Aksiyaning yana bir xushxabari – "Superkontrakt"ga iste'mol krediti!

Kredit quyidagi shartlarda rasmiylastiriladi:

- Kredit muddati 12 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo’lsa, foizi - yillik 16 foiz;

- Kredit muddati 18 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo’lsa, foizi - yillik 17 foiz;

- Kredit maqsadi – "Superkontrakt" to’lovi uchun.

Kredit talabaning o’ziga yoki uning ota-onasi nomiga rasmiylashtiriladi.

Kredit ta’minoti: Kredit miqdori EKOIHning 100 barobarigacha – uchinchi shaxs kafilligi,  EKOIHning 100 barobaridan oshgan holda – likvidli mol-mulk garovi.

Eslatib o’tamiz kreditlarni rasmiylashtirish jarayoni osonlashtirildi - http://www.aloqabank.uz/uz/page/view/19613  

Imtiyozli shartlar asosida rasmiylashtirilayotgan mikroqarzlar bo’yicha mablag’lar faqat AT “Aloqabank” tizimida ochilgan plastik kartalarga tushirilib beriladi.

Jismoniy shaxslarga 18 oydan ortiq muddatga ajratiladigan kreditlar bo’yicha hozirgi kunda amalda bo’lgan kreditlash shartlari o’zgarishsiz qoladi.

Aksiya 2018 yil 15 sentabrgacha davom etadi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.