Aloqabankdan kredit rasmiylashtirish yanada qulayroq

Endilikda iste’mol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirildi.

2018 yil 1 avgustdan jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar to’plami zarur bo’ladi:

  • kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning pasport nusxasi;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, SТIR va jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i raqami ko’rsatilishi lozim);
  • kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar;

Aloqabankdan kreditlarni qulay shartlarda tez va oson rasmiylashtiring va qisqa vaqtda natijalar bilan zavqlaning! 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.