"Korrupsiyaga qarshi kurashish" davra suhbati bo’lib o’tdi

2017 yil 2 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2752-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 27 iyul AТ “Aloqabank”da korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suxbatida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori Zaripov Jamshid Baxodirovich o’zining maruzasi bilan ishtirok etdi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan marosimda ta’kidlaganlaridek: “Jamiyatimiz rivojiga g’ov bo’layotgan illatlardan biri bo’lgan korrupsiya muammosiga qarshi samarali kurash olib borish o’z navbatida inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”.

Тadbirkorlik sub’ektlari va aholining tijorat banklariga bo’lgan ishonchini yanada oshirish, ularning qonuniy faoliyat yuritishlari uchun to’siq bo’layotgan har bir omillarni birma-bir o’rganib chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Bugungi kunda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirilishida har bir soha va tarmoq xodimlarining o’z ishiga nisbatan sitqidildan yondashuvi, o’zlariga yuklatilgan vazifalarni birinchi navbatda halollik va adolat mezonlariga tayangan holda bajarishlari hal qiluvchi o’rin tutadi, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Mazkur davra suhbatida ishtirokchilarning diqqat-e’tibori bank tizimida korrupsiya, ta’magirlik va poraxo’rlik kabi zararli illatlarga qarshi kurashishda o’zaro hamkorlik qilish masalalariga qaratildi.

Davra suhbatining asosiy ishtirokchilari yoshlar tashkil etadi. Bankimiz va qolaversa mamlakatimiz kelajagi hisoblangan yoshlarda korrupsiyaviy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish bizning asosiy maqsadlarimizdan biridir.

Shuningdek bugungi tadbirda  bank xodimlari faoliyatlarida lavozim yo’riqnomalariga qat’iy rioya etish, bank mijozlari, tadbirkorlar va omonatchilarning xaq-xuquqlari poymol qilinishiga mutlaqo yo’l qo’ymaslik, mehnat intizomi, ichki ish-tartib qoidalari, “Odob-axloq qoidalari” normalariga qat’iy va og’ishmay rioya qilish, korrupsiyaviy holatlarning har qanday turiga yo’l qo’ymaslik, ta’magirlik va poraxo’rlikka qarshi keskin kurash olib borish, salbiy illatlarga batamom chek qo’yish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.