Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risida

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga!

Sizni, Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ “Aloqabank” binosining majlislar zalida 2018 yil 31 iyul kuni soat 10:00da bo’lib o’tadigan AТ “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  1. AТ «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AТ “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.

AТ «Aloqabank» Kengashining 2018 yil 20 iyuldagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2018 yil 25 iyul kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati           2018 yil 20 iyul kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2018 yil 31 iyul kuni soat 9:00 dan 9:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ma’lumotlari bilan Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: 232-83-67.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.