Naqd shaklda mikroqarz!

Naqd shaklda mikroqarz!

AT “Aloqabank” naqd va naqdsiz shakldagi mikroqarzni joriy qildi. Endilikda bank filiallari orqali 6 oygacha imtiyozli davr bilan naqd pulda yoki AТ “Aloqabank” tomonidan emissiya qilingan plastik kartaga o’tkazib berish orqali mikroqarzni rasmiylashtirish mumkin.

Mikroqarzning muddati: 3 yilgacha (imtiyozli davr 6 oygacha);

Тaqdim qilinadigan hujjatlar:

- mikroqarz olish uchun ariza-buyurtmanoma;

- qarz oluvchining pasport nusxasi,

- yashash joyidan ma’lumotnoma;

- oxirgi 12 oy uchun daromadlar summasi ko’rsatilgan ma’lumotnoma (ma’lumotnomada lavozimi ko’rsatilgan bo’lishi lozim);

- qarz oluvchining SТIR va jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxalari;

- kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.

Kredit ta’minotiga quyidagi ta’minot  turlaridan birini taqdim qilishi mumkin:

- uchinchi shaxs kafilligi;

- likvidli mol-mulk garovi.

Filiallar ro‘yhati: http://aloqabank.uz/uz/page/about/affiliates#content_text

Batafsil: http://aloqabank.uz/uz/page/individual/mikrozaym

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.