Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga!!!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy

yig’ilishini chaqirish to’g’risida

 

Sizni, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida 2018 yil 10 iyul kuni soat 10:00 da bo’lib o’tadigan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi” o’rtasida depozit shartnomasini tuzish to’g’risida.
  3. “O’zbektelekom” AK ga kredit mablag’larini ajratish to’g’risida.
  4. “O’zbektelekom” AK ga ajratiladigan kredit bo’yicha “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi”ning depozit garovi shartnomasini imzolash to’g’risida.
  5. AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan oraliq va yillik auditorlik tekshiruvi o’tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to’g’risida.

AT «Aloqabank» Kengashining 2018 yil 28 iyundagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2018 yil 4 iyul kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2018 yil 28 iyun kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2018 yil 10 iyul kuni soat 9:00 dan 9:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ma’lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» da tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz. Ma’lumot uchun telefonlar: 232-83-67.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.