AT “Aloqabank” futbol jamoasi kuchlilar qatorida!

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining Vazirlik, idora va tashkilotlardagi a’zolari o’rtasida 2018 yil 24-26 may kunlari o’tkazilgan “YOSHLAR - O’ZBEKISTON KELAJAGI” shiori ostidagi futbol musobaqasida AT “Aloqabank” jamoasi ham ishtirok etib, bank sharafini munosib himoya qildi.

Jamoa turnirdagi 1-o’yinda “Respublika Ma’rifat va Ma’naviyat Markazi” jamoasini 8-1 hisobida, 2-o’yinda “O’zNeftGaz” jamoasini 6-0 hisobida, 3-o’yin (1/8 nimchorak final) da “Respublika Kasaba Uyushma Qo’mitasi” jamoasini 3-0 hisobida, 4-o’yin (1/4 chorak final) da “O’zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi” jamoasi bilan asosiy vaqtda 3-3 hisobida durrang o’ynab, 11 metrlik jarima zarbalari bo’yicha 4-3 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.

Turnirning 5-o’yini (1/2 yarim final) da esa “Prezident Devoni” jamoasiga kichik 0-1 hisobida mag’lubiyatga uchrab, turnirda ishtirok etgan jami 40 ga yaqin Vazirlik, idora va tashkilotlar o’rtasida faxrli 4-o’rinni egalladi.

Jamoa 26 may turnirning final bosqichi yopilish marosimida hashamatli Bunyodkor o’yingohida 4-o’rinni egallagani munosabati bilan tashkilotchilar tomonidan turnirdagi faol ishtiroki uchun maxsus SERTIFIKAT va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.