Avtokredit olganlar uchun imtiyoz!

Eslatib o’tamiz AT “Aloqabank” yilning boshida jismoniy shaxslarga Avtokredit xizmatini joriy qilgandi. Kreditning asosiy shartlaridan biri depozit garovi bo’lib kredit summasidan 30 foizni tashkil etardi. Keyinchalik 25 foizga tushirildi.

Endilikda Avtokredit olgan jismoniy shaxslar kredit evaziga xarid qilgan avtomobillarini garov sifatida qo’yib depozit garoviga qo’yilgan summadan bir qismini asosiy qarzni kamaytirishga yo’llashlari mumkin.

Kredit summasidan 30 foizi miqdorida depozit garovi qo’ygan mijozlar uchun kredit evaziga olingan avtomobilni garov sifatida qo’yilgan taqdirda deposit garovi 10 foizga tushiriladi va 20 foizni tashkil etadi. Avtokredit summasidan 25 foizi miqdorida depozit garoviga qo’ygan mijozlar uchun 15 foizga tushiriladi va 10 foizni tashkil etadi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.