1 - Хorijiy kredit liniyasi

Хalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kredit liniyasi hisobidan ajratiladigan kreditlar to’g’risida ma’lumot

 

Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi

Chorvachilik bo’yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish:

 - qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik, echkichilik, cho’chqachilik, quyonchilik va boshqalar;

 - parrandachilik (tuxum va broyler), baliqchilik, asalarichilik, ipakchilik;

 - chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, sovutish va saqlash;

 - yem ishlab chiqarish (qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash orqali) hamda yem mahsulotlari sotib olish;

 - veterinariya va boshqa xizmatlar (sun’iy urug’lantirish, vaksinatsiya, xayvonlarni identifikatsiya qilish va boshqalar) tashkil qilish;

 - chorvachilik tarmog’i bilan bog’liq bo’lgan har qanday sohadagi loyihalarni moliyalashtirish uchun;

 - chorvachilik bilan bog’liq bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil qilish;

Ҳar bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning maksimal summasi

investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun -
2 mln. AҚSh dollarigacha;

aylanma mablag’larni to’ldirish uchun -
150 ming AҚSh dollarigacha;

Mazkur kredit liniyasi hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati (imtiyozli davri)

investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun -
120 oygacha (36 oygacha bo’lgan imtiyozli davr bilan)

aylanma mablag’larni to’ldirish uchun -
18 oygacha (9 oygacha bo’lgan imtiyozli davr bilan)

Тashabbuskorlarning loyihani moliyalashtirishdagi ulushi

loyiha umumiy qiymatining kamida 20%i miqdorida

Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari

yillik 7-8% (kredit milliy valyutada so’ndiriladi)

Kredit ajratish uchun bankka to’lanadigan komission to’lov

undirilmaydi

Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati

cheklanmagan (qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlardan tashqari)

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.