Shaxmat va shashka bo’yicha musobaqa natijalari

AT “Aloqabank” Yoshlar ittifoqi Yetakchilar Kengashi tashabbusi bilan O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi hamkorligida yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 2018 yil 3 mart kuni bankning yosh xodimlari o’rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.

AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi o’rinbosari X.Raxmatov hamda O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi ijrochi direktori A.Xaydarov musobaqa ishtirokchilarini qoidalar bilan tanishtirib o’tdi.

Musobaqada bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi hamda filiallardan jami 32 nafar xodimlar ishtirok etdi.

Musobaqa g’oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa natijalariga ko’ra shaxmat bo’yicha g’oliblikni N.Temirov va shashka bo’yicha B.Avazov qo’lga kiritdilar.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.