AT “Aloqabank”ning xalqaro reytingi yangilandi!

2018 yilning yanvar oyida “Moody's Investors Service” xalqaro reyting agentligi tomonidan bankka berilgan quyidagi reyting baholari yangilandi:

- Milliy valyutadagi depozitlar bo’yicha – B1/NP;

- Хorijiy valyutadagi depozitlar bo’yicha – B2/NP;

- Kontragent riskini baholash bo’yicha –B1 (cr)/NP (cr).

Bankning barcha reytinglari bo’yicha prognoz “Barqaror” darajasiga ega.

Reyting agentligi ekspertlarining ta’kidlashicha, reytingni belgilashda bankning uzoq davr mobaynida kapitallashuv darajasining yaxshiligi hamda foydalilik va kapital yetarliligining barqaror moliyaviy ko’rsatkichlarga ega ekanligi inobatga olingan.

Ma’lumot uchun: AТ “Aloqabank” “Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi bilan bankka xalqaro reyting baholarini berish bo’yicha 2008 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.