«Mirzo Ulugbek Innovation Center» bilan hamkorlik munosabatlari o’rnatildi

2017 yil 27 dekabrda AT «Aloqabank» va «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya Markazi o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi Memorandum imzolandi.   

2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” arafasida o’rnatilgan ushbu hamkorlik axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga ko’mak beradi.

Keyingi yilning boshidan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya Markazi rezidentlari, “Rezident” imtiyozli tarifiga asosan bank tomonidan taqdim etiladigan barcha xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Ushbu yangi tarif rezidentlarga bir qator ustunliklar va imtiyozlarni taqdim etadi.

Shuningdek, Innovatsiya Markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda AT «Aloqabank» tomonidan AKT sohasidagi start-up loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini aniqlashtirish va investitsiyalarni jalb etish bo’yicha konsultatsiyalar beriladi.

Ma’lumot uchun: «Mirzo Ulugbek Innovation Center»» Innovatsiya markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi PF-5099-son “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan bo’lib, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan innovatsion loyihalar amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga ichki va tashqi bozorlarda AKT sohasida raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda Innovatsiya markazi rezidentlariga yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.