Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risida

AТ “Aloqabank” Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini 2017 yil 12 dekabr kuni, soat 8:30 da, Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qiladi.

Yig’ilish kun tartibi:

  1. AТ “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. “AТ “Aloqabank”ning o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan rivojlanish strategiyasi”ga o’zgartirish kiritish to’g’risida.
  3. AТ “Aloqabank”ning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  4. AТ “Aloqabank” Ustaviga, “AТ “Aloqabank” Kengashi to’g’risida”gi va “AТ “Aloqabank” Тaftish komissiyasi to’g’risida”gi Nizomlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida
  5. AТ “Aloqabank”ning yangi tarkibda bank Kengashi a’zolarini saylash to’g’risida.
  6. AТ “Aloqabank”ning yangi tarkibda Тaftish komissiyasi a’zolarini saylash to’g’risida.

AТ «Aloqabank» Kengashining 2017 yil 29 noyabrdagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2017 yil 5 dekabr kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2017 yil 29 noyabr kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2017 yil 12 dekabr kuni soat 7:30 dan 8:20 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ma’lumotlari bilan Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz. Ma’lumot uchun telefonlar: 232-83-67.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.