Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risida

AТ «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini 2017 yil 24 oktabr kuni, soat 8:30 da, Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ «Aloqabank» binosining majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qiladi.

Yig’ilish kun tartibi:

  1. AТ “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AТ “Aloqabank”ning ustav kapitalini oshirish.
  3. AТ “Aloqabank”ning valyutadagi mablag’larining qayta baholanishi natijasida olgan sof foydasini taqsimlash.
  4. AТ “Aloqabank”ning yangi tarkibdagi Kengashi a’zolarini saylash.

AТ «Aloqabank» Kengashining 2017 yil 10 oktabrdagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2017 yil 18 oktabr kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2017 yil 10 oktabr kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2017 yil 24 oktabr kuni soat 7:30 dan 8:20 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ma’lumotlari bilan Тoshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Тemur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AТ «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz.

Ma’lumot uchun telefon: 232-83-67.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.