Mustaqillikning 26 yilligiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi

2017 yil 29 avgust kuni AT “Aloqabank” Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligini ko’tarinki vatanparvarlik ruhida nishonlash maqsasdida seminar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Seminarda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Boboyorov Bobomurod Normatovich tomonidan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” hamda Falsafa fanlari doktori, professor Tulenova Gulmira Jandarovna tomonidan “Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining asoschisi” mavzulari keng yoritildi, hamda o’quv seminari ochiq muloqot ruhida bo’lib o’tdi. Seminar davomida bank xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq va mazmunli javoblar olishdi. Ta’kidlab o’tish joizki, seminar interfaol tarzda bo’lib o’tib, foto suratlar ishlatilgan holda prezentatsiya taqdim etildi.

 

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.