Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Markaziy bank Boshqaruvining pul-kredit siyosati chora-tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta'minlashdagi samaradorligini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakuni bo‘yicha joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyatsiya sur'atlarining tezlashishi hamda inflyatsion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi.

Mamba: www.cbu.uz

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.