Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Joriy yilning 1 iyun kuni AТ “Aloqabank” O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati hamkorligida xodimlarning bolalariga Хalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlangan bayram tadbirini uyushtirib berdi. Aytib o‘tish joizki, tanlovda ishtirok etuvchi iqtidorli bolalar soni yildan yilga oshib bormoqda. Misol uchun bu yil, tadbirda 250 tadan ortiq bolalar ishtirok etdi. Ushbu tadbirga O‘zbekiston yoshlar teatri vakillari taklif etildi. Teatr vakillari ertak qahramonlari ishtirokida spektakl tashkillashtirishdi.

Тadbirda ertak qahramonlari va qo‘g’irchoqlar ishtirok etganligi bolalar kayfiyatini yanada ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ular bolalar bilan qiziqarli o‘yinlar o‘ynab, qo‘g’irchoqlar ishtirokida kulgili sahnalarni namoyish etdilar.

Bayram tadbirida “Mening hordig’im” nomli bolalar rasmlari tanlovi o‘tkazildi. Тadbir yakunida yosh ijodkorlarga ajoyib bolalar kitoblari hamda tanlov g’oliblariga qimmatbaho sovrinlar topshirildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.