“E-Kontrakt 2” dasturiga ma’lumotlarni kiritish va undan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

AT “Aloqabank” mijozlari uchun “E-kontrakt 2” dasturi orqali tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni tizimga kiritish yuzasidan bepul maslahat xizmatlari joriy qilingan.

2016 yil 21 dekabrda AT “Aloqabank” Amaliyot boshqarmasi va filiallardagi tashqi savdo shartnomalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazlarida “E-Kontrakt 2” dasturiga ma’lumotlarni kiritish va undan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.