"Ehtirom" nishoni!

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016-yil 25-avgustdagi 4-22 “c”-sonli qaroriga asosan bir guruh kasaba uyushmalari kadrlari va faollari O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ehtirom” nishoniga sazovor bo’ldilar.

Mazkur nishon bilan taqdirlanganlarga topshirish marosimi joriy yilning 10-dekabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining katta majlislar zalida bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda AT “Aloqabank” kasaba uyushma qomitasi Raisi Ramilya Rashitovna Saxapova tantanali ravishda “Ehtirom” nishoni bilan taqdirlandi. Ta’kidlash joizki, ushbu ko’krak nishoni bilan butun respublika miqyosida 22 nafar eng faol va tashabbuskor turli soha xodimlari, ijtimoiy hamkorlar, ish beruvchilar va kasaba uyushma qo'mitalari xodimlari taqdirlandilar.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.