AT «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga

AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2014 yil 20 sentabr kuni, soat 09:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

  1. AТ “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. “Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga kredit mablag’larini ajratish to’g’risida.

Umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2014 yil 16 sentabr kuni holatiga tuziladi. Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2014 yil 20 sentabr kuni sAT 8:00 dan 8:50 gacha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz

Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.