AT «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga

AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2014 yil 27 fevral kuni, sAT 09:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

  1. AТ “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AТ “Aloqabank”ning 2013 yil IV chorak ish faoliyati yakunlari bo’yicha hisoboti.
  3. AТ “Aloqabank” aksiyadorlariga 2013 yilning IV choragi yakuni bo’yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to’lash.

Umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2014 yil 23 fevral kuni holatiga tuziladi. Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2013 yil 27 fevral kuni sAT 8:00 dan 8:50 gacha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz

Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.