2015 yilning IV choragi davomida

2016 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlari 1 217,8 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (1 009,5 mlrd. so’m) nisbatan 208,3 mlrd. so’m yoki 120,6 foizga o’shdi.

2016 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlarining 947,7 mlrd. so’mi yoki 77,8 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga ajratilgan kreditlar qoldig’i o’tgan yilning shu davriga (700,8 mlrd. so’m) nisbatan 246,9 mlrd. so’mga oshib, o’sish 135,2 foizni tashkil etdi.

2016 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 258 906 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (208 011 ta) nisbatan 50 895 taga oshdi va o’sish 124 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 4 936 ta terminal va 86 ta riderlar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (4 372 ta terminal va 83 ta rider) nisbatan 567 taga ko’paydi va o’sish 113,0 foizni tashkil etdi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.