Overdraft

Overdraft – bu qisqa muddatli bank kreditining bir turi bo'lib,UzCard va UnionPay kobeydj karta egalariga karta hisobida yetarli mablag' bo'lmagan hollarda taqdim etiladi.

Overdraft quyidagi shartlarda taqdim etiladi :

T/R

Shartlar

Tavsifi

1

Kredit miqdori

o'rtacha oylik ish haqining 3 baravari, maksimal summa: eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha

2

Kredit muddati

12 oy

3

Kredit foizi

yillik 30 %

4

Valyuta turi

milliy valyuta – so'mda ochiladi. Karta chet elda avtomat xorijiy valyutada qabul qilinadi

5

Kredit ajratilish shakli

kredit summasi ish haqi doirasida ochilgan UzCard va UnionPay kobeydj kartalariga o'tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi

6

Garov ta`minoti

3 – shaxs kafilligi, mol-mulk (depozit), sug'urta polisi

7

Dastlabki depozit

yo'q

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (ma’lumotnomada shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi raqami (JBPDR) hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);
  • Pasport nusxasi;
  • Ta’minotga doir hujjatlar.

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar:

  • Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (ma’lumotnomada shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi raqami (JBPDR) hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);
  • Pasport nusxasi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.