Onlayn to'lov

AT "Aloqabank" "CLICK" MChJ bilan hamkorlikda bankning plastik kartalari egalariga "CLICK" tizimi orqali real vaqt davomida turli xizmat va mahsulotlar uchun to'lovlar o'tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu tizim orqali uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirish, boshqa jimsoniy shaxslarga, savdo-servis korxonalariga (supermarket, restoran va kinoteatrlarda to'lovlar) pul mablag'larini o'tkazish, bevosita bank hisobraqamidan internet-magazinlardan onlayn-xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Tizimining asosiy imkoniyatlari:

  • To'lovlarni mobil telefon yoki Internet orqali bevosita jismoniy shaxslarning bank hisoblaridan naqd pul mablag'laridan foydalanmasdan amalga oshirish;
  • USSD/SMS/WEB – portal yordamida taqdim qilingan hisoblarni boshqarish;
  • tizimining boshqa foydalanuvchilariga pul mablag'larini o'tkazish;
  • Hisobdan hisobga pul mablag'larini o'tkazish;
  • Balansni doimiy ravishda ishchi holatda ushlab turuvchi «Avtoto'lov» xizmatini aktivlashtirish imkoniyati;
  • To'lovlar tarixini ko'rish;
  • Bank hisoblarini onlayn tartibda tekshirish;
  • Hisob rekvizitlarini olish;
  • Bank hisoblari bo'yicha SMS-xabarnomalar;
  • kreditni to'lash va boshqa imkoniyatlar.

Internet orqali onlayn to'lovni amalga oshirish uchun bankning Uzkart tizimida ishlovchi plastik kartani "CLICK" tizmiga ulash hamda quyidagi havolalar orqali Shaxsiy kabinetga o'tishingiz lozim.

Kabinetga o'tish (web-interfeys) (my.click.uz)

Kabinetga o'tish (mobil web-interfeys) (m.click.uz)

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.