Hisob-kassa xizmatlari

Milliy va chet el valyutasidagi hisob raqamlarga xizmat ko’rsatish.

  • O’zbekiston Respublikasi rezidentlar va norezidentlarning milliy valyutada bank hisob raqamlarini ochish va xizmat ko’rsatish.
  • O’zbekiston Respublikasi rezidentlar va norezidentlarning chet el valyutasida bank hisob raqamlarini ochish va xizmat ko’rsatish.

Mijoz bank hisob raqamlarini ochish uchun:

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko’rsatishi;
  • bank bilan bank hisobi shartnomasini tuzishi kerak.

Bank hisobidan amalga oshirilgan amaliyotlar uchun Bank tariflariga asosan kommisiya olinadi.

Milliy va chet el valyutasida ochilgan hisob raqamlar bo’yicha o’tkazmalar.

AT «Aloqabank» milliy va chet el valyutasida O’zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslar-rezidentlar va norezidentlar pul mablag’lari o’tkazmalarini jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga amalga oshiradi.

Bunda bank quyidagi amaliyotlarni amalga oshirishi mumkin:

  • Bankda ochilgan hisob raqamlarga  milliy va chet el valyutasida pul mablag’larini o’tkazish;
  • Bankda ochilgan hisob raqamlardan milliy va chet el valyutasida pul mablag’larini yechish.

Milliy valyutadagi pul mablag’lar o’tkazmalari faqatgina O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi. Chet el valyutasida esa O’zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.

Naqd valyutadagi amaliyotlar.

AT «Aloqabank» quyidagi amaliyotlarni naqd pul valyutasida amalga oshiradi:

  • hisobga naqdsiz yo’l bilan o’tkazilganda joriy hisobdan mablag’larni naqd ko’rinishda berilishi;
  • Inkassaga to’lovsiz xorij mamlakatlari pul birliklarini qabul qilish;
  • to’lovsiz xorij mamlakatlari pul birliklarini almashtirish va komissiyaga qabul qilish;
  • haqiqiyligi shubha tug’dirganpul birliklarini ekspertizasiga qabul qilish.

Hisobraqam ochish uchun arizani yuklab olish | * .doc| 38 Kb|

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.