VISA Classic

VISA CLASSIC kartasi – bu VISA logotipi bilan belgilangan, dunyoning har qaysi chekkalaridan qabul qilinadi, shu jumladan, bankomatlar, real va virtual magazinlar, shuningdek, o`z xizmatlarini va tovarlarini pochta yoki telefon orqali taklif qiladigan magazinlarda ham to`lovlarni qabul qiladigan universal to`lov uskuna.
VISA CLASSIC kartasi universal to`lov uskunasi bo`lib, foydalanish qulayliklarini va moliyaviy egiluvchanlikni kafolatlaydi; karta o`rtacha daromad darajasiga ega bo`lganlar orasida katta shuhratga ega.
Kartochka VISAning barcha afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan, dunyodagi kartochka mahsulotlar orasidagi eng qulay va ommabop mahsulot hisoblanadi. VISA Classic kartochkasi, elektron terminallar yoki imprinterlar o`rnatilgan, savdo-xizmat korxonalarda to`lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Kartochka yordami bilan hisoblarni Intenet orqali ham, amalga oshirish mumkin.
Sug`urta depoziti nima va u bank tomonidan qanday ishlatiladi?
Sug`urta depoziti, Bank tomonidan karta egasining shaxsiy hisobida yoziladi. Su`g`urta depozit, Bank tomonidan kartochka hisobidan ortiqcha ishlatilganlik taqdirda foydalaniladi. Mablag`larning ortiqcha harajati, misol uchun, valyutalar kursi o`zgarishi yoki karta orqali operasiyalar amalga oishirilganda komissiyalar hisobiga vujudga kelishi mumkin. Mijoz talablariga ko'ra, bank unga kartochka orqali amalga oshirilgan barcha to`lovlar to`g`risida batafsil ma'lumotlarni beradi, va bunda qanday summa kartochka hisobidan, qaysi summa sug`urta depozitdan ketganini ko`rish mumkin bo`ladi. Sug`urta depozit karta hisobi bo`yicha barcha hisob-kitoblarni amalga oshirgandan keyin Mijozga qaytariladi.
Kartochkadan foydalanayotganda qanday ehtiyot choralarni ko`rish kerak?
Visa kartochkasi – pullaringiz mavjud bo`lgan hisobingizga kirish uchun vosita. Shuning uchun undan foydalanayotganda quyidagi ehtiyot choralarni ko`rish kerak bo`ladi:
  • Kartangizni hech kemga bermang va PIN kodini aytmang, karta PIN kodini va raqamini uchinchi shaxslardan yashirishga harakat qiling. PIN kodni kartochkadan alohida saqlashni, va uni kartochkaga yozmaslikni maslahat beramiz. Kartochkani yoqotsangiz yoki o`girlatib qo`ysangiz, undan foydalanishga barcha ma'lumotlarni ham taqdim etgan bo`lasiz;
  • Har oy Bankdan karta hisobidan vipiskalarni tekshirib boring. Siz ularni bankdan har kelishingizda olishingiz mumkin. Shubhali yoki noaniq tranzaksiyalarni ko`rsangiz, tekshiruvni boshlash uchun, darhol bank hodimlariga xabar bering;
  • Kartani yo`qotgan yoki o`g`irlatib qo`ygan bo`lsangiz, Bank kartangizni bloklab qo`yishi uchun, bu haqida bankga darhol xabar bering;
  • Kartochka orqali to`lovni amalga oshirganingizda, kartochkani ko`z ostingizdan yo`qotmang. To`lov amalga oshirilgach, sizga aynan sizning kartochkangizni qaytarib berilganida ishonch hosil qiling;
  • Bankomatda naqd pul olayotganingizda, sizni hech kim kuzatmyotganida va orqangizda hech kim yo`qligida ishonch hosil qiling.
Bu ehtiyot choralarni ko`ring va o`z mablag`laringizning havfsizligini ta'minlaysiz.
Kartochkadan Internetda qanday foydalanish mumkin?
Avvalambor, Internet sayt egasi haqida bankda, uning xizmatlaridan oldin foydalangan yaqin tanishlaringizda ma'lumotlarni olib, uning vijdonliligida ishonch hosil qilishingiz kerak. 
Sotib olmoqchi bo`lgan mahsulotlar ro`yhatini tanlaganingizdan keyin, to`lov usuli sifatida Visa kartochakasini tanlang. To`lovni amalga oshirish uchun, kartochka raqamini (16ta raqam), faoliyat muddatini, kartochkangizda qayd qilinganidek ismingizni, shuningdek CVV2 (3 raqam) kodini ko`rsatishingiz kerak bo`ladi. Ushbu kodni kartoshkangizning orqa tomonida yoki "Aloqabank" da bilib olishingiz mumkin. Kiritilgan ma'lumotlar to`g`riligini tekshirib, muvofiq tugmani bosish orqali uni tasdiqlang. Internet sayt to`lovni tasdiqlash uchun so`rovni yaratadi, va agar barcha to`g`ri ma'lumotlarni ko`rsatgan bo`lsangiz, siz shunga mos xabarni ko`rasiz.
VISA kartochkasi egasiga xizmat ko`rsatishning eng yirik jahon tarmog`i, butun dunyo bo`ylab magazinlar, restoranlar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar, 21000 banklar va 1 milliondan ortiq bankomatlar, 18 milliondan ortiq turli xil savdo-xizmat korxonalarni o`z ichiga oladi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.