Lider

«LIDER Xalqaro pul o`tkazmalari» - jismoniy shaxslarning bank hisobini ochmasdan darhol pul o`tkazmalari tizimi.

«LIDER» tizimi MDH mamlakatlari hududidagi Rossiya pul o`tkazmalar bozorining asosiy o`yinchilaridan biri.

«LIDER» tizimining maqsadi - minimal harajat qilib va ishonch garovi bilan pullarni darhol yuborish yoki qabul qilish kerak bo`lgan odamlarning ehtiyojlarini qondirish.

«LIDER» tizimining afzalliklari:

  • o`tkazmalarning darhol tezligi;
  • o`tkazmalarni AQSh dollarida yoki Yevroda amalga oshirish mumkin;
  • o`tkazmani belgilangan mamlakatning har qaysi punktidan qabul qilish mumkin;
  • pul yuboruvchilar pul qabul qiluvchining aniq manzilini ko`rsatishi shartmas ;
  • o`tkazmalarning havfsizligi va ishonchiligi maxsus dasturiy kompleks bilan ta'minlanadi.

Qo`shimcha bepul xizmat:

  • pul o`tkazmalarni amalga oshirayotganingizda, ilova xatni (20 so`zgacha) bepul yuborishingiz mumkin;
  • "LIDER" tizimi pul qabul qiluvchiga o`tkazma to`g`risida elektron pochta orqali xabar qiladi.

"LIDER" tizimining har qaysi punktida operatorlar sizga qo`shimcha ma'lumotlarni taqdim etadilar va sizni qiziqtirayotgan barcha savollarga batafsil javob beradilar.

"LIDER" tizimi xizmatlaridan "LIDER" tizimi ishtirokchi-banklarida va to`lov terminal tarmoqlarida foydalanishingiz mumkin. O`tkazma ko`p vaqtingizni olmaydi, yaqinlaringiz esa, bir necha daqiqa ichida pul oladilar.

O`zbekiston Respublikasi hududida, "LIDER" tizimi xizmatini va faoliyatini "Aloqabank"  ta'minlaydi.

"LIDER" tizimi o`tkazmalarini yuborish va qabul qilish punktlari Rossiya, MDH davlatlari va uzoq horij mamlakatlarida joylashgan. "LIDER" tizimi punktlari soni doimo ko`payib bormoqda.

Qo`shimcha ma'lumotni leadermt.ru orqali olishingiz mumkin.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.