Overdraft krediti

Overdraft krediti - bank plastik kartasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to’lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartasi hisobvarag’idagi qoldiq mablag’idan ortiq miqdordagi mablag’ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shaklidir.

Ushbu kredit milliy valyutada, o’rtacha oylik ish haqining 3 barobarigacha, lekin eng kam ish haqining 100 barobaridan oshmagan summada, 12 oy muddatga ajratilib, ish haqi loyihasi doirasida emissiya qilingan AТ “Aloqabank” plastik kartasi orqali beriladi.

Overdraft foizi - yillik 30%.

Overdraft olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;

- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning pasport nusxasi;

- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, SТIR va jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i raqami ko’rsatilishi lozim);

- kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar;

- ta’minot hujjatlari.

 Overdraft quyidagi ta’minot turlarining biri asosida taqdim etiladi:

  • Bank bilan tuzilgan Bosh bitim doirasida korporativ mijoz (ish beruvchi)ning kafilligi, boshqa yuridik shaxs kafilligi;
  • AТ “Aloqabank”da ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartaga ega bo’lgan jismoniy shaxs kafilligi;
  • Likvidli mol-mulk garovi, depozit garovi;
  • Asosiy qarz, foiz va penya to’lovlarini o’z ichiga olgan kreditni qaytmaslik xatari bo’yicha sug’urta polisi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.